Futbol yulduzi Habibni “jangga” chorladi

Sport

image

AQSHning “Los-Anjeles Geleksi“ futbol klubi hujumchisi Zlatan Ibrohimovich yangi "Chellenj" yaratdi.

U mazkur chorlovni “MatrixChallenge”  deb nomladi. Videoda Zlatanning jang uslublaridan foydalangan holda futbol to‘pini o‘ynayotganini ko‘rishingiz mumkin. 

Shuningdek, Ibrohimovich yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmuhamedovga “jangga" chorladi. 

O‘z navbatida, UFC chempioni Habib ham Zlatanga javob qaytardi.“Buning barchasi "axlat", deb yozib qoldirgan Habib o‘zining “Instagram” sahifasida.

Ma’lumot uchun, Zlatan Ibrohimovich 1981 yilda Shvetsiyada tug‘ilgan. U faoliyati davomida "Ayaks","Yuventus", "Milan", "Inter", "Barselona","PSJ", "Manchester Yunayted" kabi grand jamoalarda o‘ynagan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Habib Nurmuhamedov Zlatan Ibrohimovich

Baholaganlar

247

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made