Futbol tarixidagi eng yaxshi himoyachilardan biri vafot etdi

Sport

image

1962 yilgi Kubok egalari kubogi sohibi, Madridning “Atletiko”si tarkibida uch karra Ispaniya kubogini yutgan argentinalik sobiq futbolchi Xorxe Griffa 88 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Atletiko” matbuot xizmati xabar berdi.

Hozircha, futbolchining o‘limi sabablari aniqlanmagan.

Griffa 1959 yildan 1969 yilgacha “Atletiko”da o‘ynab, 247 ta o‘yinda maydonga tushgan va 6 ta gol urgan. Griffa Madrid klubi bilan birgalikda Ispaniya chempioni (1966) bo‘lgan, uch marta mamlakat kubogini qo‘lga kiritdi (1960, 1961, 1965).

2020 yilda Ispaniyaning “Marca” nashri Griffani Atletiko Madrid tarixidagi eng yaxshi himoyachilar qatoriga kiritgan.

Faoliyatini tugatgandan so‘ng, Griffa Argentina klublari tizimlarida seleksioner va akademiyalar rahbari sifatida ishladi. Griffa o‘z davrida argentinalik taniqli futbolchilar Lionel Messi, Gabriyel Batistuta, Karlos Teves, Gabriel Xaynse va Maurisio Pochettino bilan bir jamoa tizimida faoliyat olib borgan.


Maqola muallifi

Teglar

Atletiko Xorxe Griffa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing