Qirg‘izistonda ro‘y bergan YTH 7 kishini hayotdan olib ketdi
Olam
−
04 mart 2020
6553Qirg‘iziston janubida avtohalokat oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi. Bu haqida mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Jalolobod viloyatining Nooken tumanidan o‘tgan Bishkek-O‘sh trassasida, 3 martdan 4 martga o‘tar kechasi Mercedes Vito va Honda Jazz avtoulovlari ishtirokida avtohalokat yuz berdi. Oqibatda 7 kishi halok bo‘ldi va yana 6 kishi jarohat oldi", deyiladi matbuot xizmati ma’lumotida.
Xabarlarga ko‘ra, jarohatlanganlarning barchasi Shamaldi-Soy shahridagi shifoxonaga yetkazilgan.
LiveBarchasi