Futbol olami Rossiyani xalqaro maydonga qaytishini xohlaydi – Infantino

Sport

image

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvdan so‘ng Rossiyaning xalqaro futbol maydoniga tezroq qaytishiga umid bildirdi.

“Butun futbol olami Rossiyaning qaytishini istaydi. Bu rossiyalik yosh futbolchilarga xalqaro maydonda o‘ynash imkonini beradi. Men barcha mamlakatlar FIFA'ning bir qismi bo‘lishini va raqobatlashishini orzu qilaman”, deydi Infantino.

Uchrashuvda Tramp Rossiyaning JCH-2026'da ishtirok etmasligi haqida bilmaganini tan oldi. AQSH Prezidenti Rossiyaning xalqaro futbolga qaytishi Ukraina bilan tinchlik aloqalari o‘rnatilishiga yaxshi turtki bo‘lishini ta’kidladi.

FIFA va UEFA'ning 2022 yil fevraldagi qarori bilan Rossiya xalqaro turnirlardan chetlashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Donal'd Tramp Janni Infantino

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing