Futbol muxlislari sovuq qishda qaynoq “El-Klasiko” tomosha qiladigan bo‘ldi

Sport

image

Ayni kunlarda Saudiya Arabistonida Ispaniya superkubogi bahslari o‘tkazilmoqda. 13 yanvarga o‘tar kechasi musobaqaning ikkinchi yarim final o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Dastlabki finaloldi o‘yinda “Real” penaltilar seriyasida “Valensiya”dan ustun kelgan bo‘lsa, ikkinchi yarim finalda Kataloniyaning “Barselona” klubi “Betis”ni penaltilarda mag‘lubiyatga uchratdi. Shunday qilib superkubok finalida futbol ishqibozlari shiddatli “El-Klasiko” guvohiga aylanadi.

“Real” va “Barselona” o‘rtasidagi final bahsi 15 yanvar kuni soat 23:55 da start oladi.

Shu vaqtga qadar jamoalar Ispaniya superkubogida 14 marta to‘qnash kelgan. Bahslardan 4 tasida kataloniyaliklarning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 8 ta o‘yinda “qirollik klubi” ustun kelgan. 2 ta o‘yinda klublar murosa yo‘lini tanlagan.


Maqola muallifi

Teglar

“Barselona” “Real”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made