Futbol klubi avtobusidan 86,5 kg “marixuana” topildi
Sport
−
14:43 1937 1 daqiqa
Bugun, 12 avgust kuni Boliviyada Braziliyaning “San-Paulu” futbol klubi delegatsiyasi uchun mo‘ljallangan avtobus 86,5 kg “marixuana” bilan ushlandi. Bu haqda UOL portali xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea jamoa Sudamerikana kubogining 1/8 finalida Boliviyaning “Bolivar” klubiga qarshi safari oldidan sodir bo‘lgan. Avtobus Kochabamba yaqinida to‘xtatilganda uning ichida giyohvand modda solingan to‘rtta qop aniqlangan.
Operatsiya davomida 3 nafar avtobus haydovchisi hibsga olingan. “San-Paulu” klubi mazkur avtobusdan foydalanmagani va delegatsiya uchun boshqa transport vositasi ajratilganini ma’lum qilgan. Hozirda voqea yuzasidan tergov olib borilmoqda.
“San-Paulu” va “Bolivar” o‘rtasidagi birinchi uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlangan. Javob bahsi joriy yilning 19 avgust kuni Braziliyada bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda “zakladka” usulida narkotik tarqatish bilan shug‘ullanadigan shaxslarning uyidan 3 kilogrammga yaqin narkotik topilgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi