Futbol: Xitoy voz kechgan Osiyo Kubogi mezbonligi uchun nomzod topildi

Sport

image
0:00
0:00
download

Yaponiya futbol assotsiatsiyasi (JFA) kelasi yili Osiyo Kubogini o‘tkazish bo‘yicha norasmiy taklif oldi. Bu haqda JFA rahbari Kozo Tashimaning so‘zlariga tayanib, “Reuters” agentligi xabar berdi.

“Biz Osiyo Kubogini o‘tkazish uchun taklif oldik. Agar, Yaponiya turnirni o‘tkaza olsa, bu katta muvaffaqiyat bo‘lardi”, degan Kozo Tashima.

Qayd etish joizki, Xitoy 2023 yilgi Osiyo Kubogini o‘tkazishdan bosh tortgandi. Musobaqa mezbonligidan voz kechishga mamlakatdagi og‘ir epidemiologik vaziyat sabab bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo Kubogi har to‘rt yilda bir marta butun qit’aning 24 ta terma jamoasi ishtirokida o‘tkaziladi. Musobaqa oxirgi marta 2019 yilda o‘tkazilgan. Qatar esa Osiyo Kubogining amaldagi g‘olibi hisoblanadi. Musobaqaning eng nomdor jamoasi Yaponiya terma jamoasi bo‘lib turibdi. "Kunchiqar yurt" vakillarining Osiyo Kubogida to‘rtta g‘alabasi bor.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Osiyo Kubogi

Baholaganlar

482

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar