Futbol qoidalariga o‘zgartirish kiritildi

Sport

image

Xalqaro futbol assotsiatsiyasi kengashi (XFAK) jamoalarga bitta o‘yinda beshta almashtirishdan foydalanishga ruxsat beruvchi qoidani doimiy ravishda tasdiqlashga qaror qildi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar берди.

“XFAK ushbu qoidani (beshta almashtirish bilan — tahr.) doimiy ravishda o‘yin qoidalariga kiritish uchun butun futbol jamoatchiligidan yordam oldi”, deyiladi xabarda.

Qoidaga ko‘ra, xalqaro va milliy musobaqalarda jamoalarga beshtagacha o‘yinchi almashtirishga ruxsat beriladi. O‘zgartirishlar 2022 yil 1 iyuldan kuchga kiradi.

O‘zgartirishlar uchun jamoalar har bir o‘yinda faqat uch marta o‘yinni to‘xtatish huquqiga egaligi o‘zgarishsiz qoldirildi. Shuning uchun barcha o‘zgartirishdan foydalanish uchun tanaffus vaqtida yoki birdan bir nechta yangi o‘yinchini maydonga tushirish kerak bo‘ladi. 

Jamoaning o‘yin uchun arizasidagi zaxira futbolchilari soni 12 nafardan 15 nafarga oshirilishi mumkin. Shuningdek, yillik yig‘ilish a’zolari futbolchida miya chayqalishi shubha qilingan taqdirda majburiy almashtirish qoidasini uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Xalqaro futbol assotsiatsiyasi kengashi hakamlarga hurmatsizlik muammosini, shuningdek, ularning futbol maydonida xavfsizligini ta’minlash masalasini ko‘rib chiqdi. Tashkilot a’zolari hakamlik sudyalarini himoya qilish choralarini ishlab chiqadi. Ehtimoliy yechimlardan biri hakamlar kiyimidagi tana kameralari bo‘lishi mumkin.

2020 yilning may oyida Yevropa chempionatlari, shuningdek, xalqaro turnirlarda pandemiya sababli o‘yin davomida odatdagi uchta o‘rniga beshta almashtirishga ruxsat berilgnadi. Keyinchalik XFAK 2020/21 yilgi mavsum uchun beshta almashtirish qoidasini uzaytirdi, yangilikni joriy etish qarorini esa har bir milliy chempionat rahbariyati mustaqil ravishda qabul qilishi mumkin edi. Premer-ligada 2019/20 yilgi mavsum yakunlangach, ushbu qoida bekor qilindi, murabbiylarga uchta almashtirishga ruxsat berildi.


Maqola muallifi

Teglar

Futbol

Baholaganlar

704

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing