Futbol qachon o‘zgaradi?

Sport

Futbol millionlar o‘yini. O‘zbekistonda ham futbol birinchi raqamli sport turi hisoblanadi. Oxirgi yillarda shaxsan davlat rahbarining o‘zi futbolga alohida e’tibor qaratib, ushbu turning rivoji yo‘lida qator qarorlarga imzo chekdi. Biroq 36 milliondan ortiq o‘zbek xalqining hamon yagona orzusi – O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatiga chiqishi ushalgani yo‘q. 

Shuningdek, o‘zbek futbolida boshqa bir qator dolzarb masalalar ham borligi sir emas. Jumladan, yosh futbolchilarning 2-3 ta turnirda o‘zini ko‘rsatib, keyinchalik “yulduzlik kasali”ga yo‘liqishi yoki bolalar futbolidagi muammolarni aytish mumkin.

QALAMPIR.UZ o‘zbek futbolida qanday kamchiliklar bo‘lsa birinchi otilgan toshlarni qabul qilib oladigan inson, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov bilan suhbatlashdi.

“Futboldagi eng og‘ir nuqtamiz – bu yetuk mutaxassislarning yetishmasligi. Bizga eng ko‘p beriladigan savol O‘zbekistonning JCHga chiqmayotgani haqida bo‘ladi. Bunga javob juda oddiy, ya’ni biz bir avlodni Jahon chempionatida o‘ynaydigan darajada tarbiyalay olmadik. Bularning barchasi esa yetuk murabbiylarning kam ekanligiga borib taqaladi”, deydi Ermatov.

Intervyu davomida Irmatov yosh futbolchilarning erta yo‘qolib qolishi bilan bog‘liq holatlar, ularning milliy terma jamoa darajasiga chiqa olmasligi sabablariga ham izoh berdi. 

“2011 yil Meksikada o‘tgan o‘smirlar mundialida jamoamiz kuchli sakkizlikka kirib, O‘zbekistonda yaxshi avlod yetishayotganini ko‘rsatib bergandi, biroq hozirga kelib o‘sha futbolchilardan hech biri milliy terma jamoamizgacha yetib kelgani yo‘q. Buning sabablari esa juda ko‘p. Professional futbolchi o‘z oldiga ulkan maqsadlarni qo‘yishi kerak. Bu muammoni ruhiyat bilan bog‘liq sabablari ham bor. Ba’zi futbolchilar maqtovlardan katta futbolchi bo‘ldim deb o‘ylab, o‘z ustida ishlamay qo‘yadi. Agar bizda yaxshi psixologlar bo‘lganda o‘sha futbolchilar hozir ham professional darajada o‘ynayotgan bo‘lardi” , deydi O‘FA birinchi vitse-prezidenti.

Ermatov O‘FA 2023 yilning qolgan qismidagi rejalari, viloyatlar futboli kesimidagi muammolar va O‘zbekistonning yirik futbol turnirlariga mezbonlik qilishi bilan bog‘liq savollarga ham javob qaytardi.


Maqola muallifi

Teglar

Ravshan Ermatov Futbol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing