Futbol bo‘yicha Angliya chempionatining so‘nggi turlari mamlakat hududida o‘tkazilmaydi

Sport

image
Koronavirus muxlislarni futboldan mahrum qildi north_east

Koronavirus muxlislarni futboldan mahrum qildi

Angliya Premer-ligasi mavsumni Avstraliyada yakunlashi mumkin. Bu haqda “The Sun” nashri xabar qildi.

Premer-liga va klub vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda uchrashuvlarni qayta boshlash variantlari muhokama qilindi“, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, futbol agenti Gari Uilyams Avstraliyaning Pert shahrida Angliya chempionatini yakunlash bo‘yicha taklif bergan. U bu yerda futbolchilar mavsum oxiriga qadar xavfsiz va qulay sharoitlarga ega bo‘lishlariga ishonch bildirgan.

Uilyamsning bu taklifini Angliyadagi ba’zi futbol klublari va Avstraliya rasmiylari bu tashabbusini mamnuniyat bilan qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu haqda Pert shahri rasmiysi quyidagicha fikr bildirdi:

“Pert Avstraliyadagi sport olamining markazi. Bizda toza havo va yaxshi iqlim bor. Agar shunday qarorga kelinsa, juda yaxshi bo‘lar edi”, deydi Pert senatori Glen Sterl.

Eslatib o‘tamiz, 13 mart kuni Angliya futbol chempionati koronavirus pandemiyasi tufayli to‘xtatildi. Chempionat jadvalida Liverpul jamoasi peshqadam bo‘lib turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Futbol Angliya chempionati

Baholaganlar

113

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing