Furqat tumaniga yangi hokim tayinlandi 

Jamiyat

image

Farg‘ona viloyatidagi Furqat tumaniga Elyorbek Asronqulov hokim etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bugun, 7 avgust kuni Xalq deputatlari Furqat tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgan. Sessiya ishida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etgan. Sessiyada lavozimidan ozod etilgan Jahongir Jumanov o‘rniga yangi tuman hokimini tayinlash bilan bog‘liq tashkiliy masala ko‘rilgan.

"Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tomonidan taqdim etilgan Elyorbek Madaminovich Asronqulov nomzodi Furqat tumani deputatlari tomonidan yakdillik bilan qo‘llab-quvvatlandi va hozirga qadar Ijtimoiy himoya milliy agentligining Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelgan Elyorbek Asronqulov Furqat tumani hokimi etib tasdiqlandi", deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Elyorbek Asronqulov 1985 yilda Bag‘dod tumanida tug‘ilgan. Farg‘ona politexnika institutini iqtisodchi mutaxassisligi bilan tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2011 yilda Pensiya jamg‘armasi Bag‘dod tumani bo‘limi inspektori vazifasida boshlagan. Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Farg‘ona viloyati boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 2019-2020 yillarda Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Ijro etuvchi apparatida faoliyat olib borgan. 2020-2023 yillarda Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan. 

U 2023 yil 20 avgustdan beri Ijtimoiy himoya milliy agentligining Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, 17 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash yuzasidan birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar va kelgusi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida Bosh vazir Abdulla Aripovning Furqat tumanining oldingi hokimi Jahongir Jumanovni ishdan olish bo‘yicha taklifi qo‘llab-quvvatlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Furqat Elyorbek Asronqulov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar