Fuqaroning uyidan xavfli ilon topildi

Jamiyat

image

Navoiy shahri G‘alaba ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaroning uyidan xavfli ilon chiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda. 

Joriy yilning 22 iyul kuni soat 16:30da Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor navbatchisiga Navoiy shahar G‘alaba shox ko‘chasida istiqomat qiluvchi A.A. tomonidan uyida ilon ko‘rganligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan. 

Mazkur murojaat yuzasidan, ilon chaqishi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatning oldini olish maqsadida, navbatchi guruhi qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borishgan. 

FVVdan xabar qilishlaricha, qutqaruvchilar tomonidan xonadon sinchkovlik bilan tekshirib chiqilgan. Natijada, fuqarolar hayotiga xavf soluvchi ilon topilgan va aholi punktidan uzoqroq bo‘lgan joyga qo‘yib yuborilgan. 

Xonadon egalariga mutaxassislar tomonidan psixologik yordam ko‘rsatilib, zaruriy tavsiyalar berilgani aytilmoqda.   


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy FVV ilon

Baholaganlar

362

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing