Sirdaryoda fuqaroni aldagan hokim o‘rinbosari qamaldi
3-sahifa
−
09 Oktabr 2021
11508Sirdaryoda kam ta’minlangan oilalarga qurilayotgan arzonlashtirilgan uy olish uchun ro‘yxatga qo‘shish evaziga fuqarodan 400 dollar olgan Guliston tuman hokimi o‘rinbosari qamaldi. Bu haqda Sirdaryo viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi Baxtiyor Mamadaminov ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, viloyat hududiy “Chorvanasl” markazi Guliston tumani yetakchi mutaxassisi lavozimida ishlovchi M.X. va yana bir guruh firibgarlar til biriktirib, fuqaro M.K.ning ishonchiga kirgan. Shundan so‘ng, ular fuqarodan Guliston tumani hokimi o‘rinbosari B.S.ga 400 AQSH dollari miqdorida pora berish evaziga, “Yulduz” massivida kam ta’minlangan oilalar uchun qurilayotgan ko‘p qavatli arzonlashtirilgan uy olish uchun ro‘yxatga qo‘shishni va’da qilgan.
Xabarga ko‘ra, hokim o‘rinbosari B.S. fuqaro M.K.dan 400 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan hoqim o‘rinbosariga Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan JKning 45-moddasini qo‘llab, 2 yil 6 oy muddatga davlat organlarida mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan holda bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravari miqdorida 73 500 000 so‘m jarima jazosi tayinlangan.
Shuningdek, M.X.ga JKning 25, 168-moddasi 2-qismi “b” bandi, 28, 211-moddasi 1-qismi bilan JKning 45, 59, 61-moddalari tartibida 2 yil muddatga davlat organlarida mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 2 yil 2 oy ozodlikni cheklash jazosini tayinlangan.
LiveBarchasi