Fuqarolarni Umraga litsenziyasiz jo‘natgan turoperatorlar faoliyati to‘xtatildi

Jamiyat

image

Avvalroq, fuqarolarga Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishga oid xizmatlarni ko‘rsatish faqat mahalliy turoperatorlar tomonidan amalga oshirilishi belgilangandi. Fuqarolarni Umraga tegishli litsenziyasiz jo‘natgan turoperatorlar faoliyati vaqtincha to‘xtatib qo‘yildi. Bu haqda Turizm qo‘mitasi ma’lum qildi.

“Hurmatli yurtdoshlar, Umra ziyoratiga borishda qarorda keltirilgan talablardan kelib chiqqan holda maxsus litsenziyaga ega bo‘lmagan turoperatorlar xizmatidan foydalanishda ogoh bo‘lishni va keyinchalik turli xil ko‘ngilsiz holatlarga tushib qolmaslik uchun litsenziyaga ega bo‘lgan turoperatorlar bilan hamkorlikda ishlashni tavsiya etamiz”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, litsenziyaga ega bo‘lmay Umra tadbirlarini tashkil etish bilan shug‘ullanayotgan 23 ta tadbirkorlik sub’ektlariga kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha muddatlar belgilanib, ko‘rsatmalar berilgan.

Belgilangan muddatlarda kamchiliklarni bartaraf etmagan “Orzu Travel”, “Lastochka – Planeta”, “Premier Wanderlust”, Bobissalam-Travel”, “Muslim-Tour MT”, “Delta Smart Project” MCHJlarning “chiqish turizmi” faoliyati bilan shug‘ullanishga asos bo‘lgan litsenziyalari Toshkent shahar Turizm boshqarmasining qarorlari bilan amaldagi qonunchilikka asosan 10 kun muddatga to‘xtatib qo‘ydi.


Maqola muallifi

Teglar

turoperatorlar Umra\

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing