Fuqaroga tarsaki tushirgan Chiroqchi hokimi jazolandi (video)
3-sahifa
−
02 avgust
16708Qashqadaryo viloyatida fuqaroga tarsaki tushirgan Chiroqchi tumani hokimi Fayzulla Yusupov intizomiy jazoga tortildi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati rahbari Ahror Sodiqov ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, ushbu masala viloyat hokimligi apparat yig‘ilishida keskin muhokama qilingan. Tuman hokimi F.Yusupov shu va ish faoliyatida yo‘l qo‘ygan boshqa kamchiliklari uchun intizomiy jazoga tortilgan.
“Tuman hokimi har bir fuqaro bilan xushmuomala va hurmat bilan munosabatda bo‘lishi, muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya qilishi uqtirildi va kelgusida bu kabi holatlarga yo‘l qo‘ygan taqdirda tegishli javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida qat’iy ogohlantirildi”, deyiladi munosabatda.
Ma’lumot uchun, Fayzulla Yusupov 2023 yilning avgust oyi boshida Chiroqchi tumani hokimi etib tayinlangandi.