Fuqaro ikki pasport bilan ikki joydan pensiya olayotgani aniqlandi
Jamiyat
−
23 may 2019
4757Navoiy viloyatida istiqomat qiluvchi fuqaro S.F. 2017 yilda yoshga doir pensiya tayinlashni so‘rab byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining Navoiy shahar bo‘limiga ariza bilan murojaat qilgan.
Murojaatchi o‘z arizasiga ilova tarzda mehnat faoliyatini tasdiqlovchi ma’lumotnomalar hamda 11.10.2002 yilda IIB tomonidan berilgan va Navoiy shahriga doimiy yashash uchun ro‘yxatga qo‘yilgan pasport nusxasini taқдим qilgan. Ushbu ariza Pensiya jamg‘armasining Navoiy shahar bo‘limi tomonidan ko‘rib chiqilib, yoshga doir pensiya tayinlangan.
ЎзА xabariga ko‘ra, pensioner S.F.da 2 ta fuqarolik pasporti mavjud бўлган. Ushbu fuqaro qonunchilikka zid ravishda 2018 yilda byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining Karmana tuman bo‘limiga mehnat faoliyatini tasdiqlovchi ma’lumotnomalarni hamda 15.06.2015 yilda IIB tomonidan berilgan va Karmana tumaniga doimiy yashash uchun ro‘yxatga qo‘yilgan pasporti nusxasini ham ilova qilgan holda yoshga doir pensiya tayinlash uchun qayta murojaat qilgan.
Taqdim qilingan hujjatlarda shubhali holatlar kuzatilmagani bois arizachining xatti-harakati natijasida Pensiya jamg‘armasining boshqa bir bo‘limi tomonidan yana bir bor yoshga doir pensiya tayinlangan.
Ikki pasport egasi бўлган mazkur fuqaroнинг qing‘ir ishlari joriy yilda byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mutaxassislari tomonidan masofadan kameral tartibda o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida aniqlanib, 5,7 million so‘mlik jamg‘arma mablag‘lari ortiqcha sarflangani маълум bo‘ldi. Mazkur holatga huquqiy baho berish uchun xujjatlar o‘rnatilgan tartibda huquqni muhofaza qilish idorasiga topshirildi.
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, amaldagi pensiya qonunchiligiga binoan bir fuqaroga bir vaqtning o‘zida ikki marotaba pensiya tayinlanishi va to‘lanishi mumkin emas. O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonuniga asosan davlat pensiyalarining turli xillarini olish huquqiga ega бўлган fuqarolarga ularning o‘zlari tanlagan bitta pensiya tayinlanadi.
LiveBarchasi