Frontdagi vaziyat qiyinlashmoqda – Zelenskiy

Olam

image

Ukrainada frontdagi vaziyat og‘irlashib bormoqda. Bu haqda mamlakat Prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi.

“Bunday qaynoq urush paytida frontdagi vaziyat har doim qiyin. Ayniqsa bu kunlarda vaziyat Donetsk yo‘nalishida qiyinlashmoqda”, deydi Zelenskiy murojaatida.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina bir necha oylardan beri hayotiy yordam paketini kutmoqda.

“Rossiyaga qarshi sanksiyalar hali ham chetlab o‘tilayotgani, biz Ukrainada bir necha oy davomida hayotiy yordam paketini va hali ham Kongressda ovoz berishni kutayotganimiz – terrorchilarning o‘ziga bo‘lgan ishonchi ham oylar davomida oshib borayotganini ko‘rsatadi”, deydi davlat rahbari.

Shuningdek, u bir hafta ichida Ukrainaga 130 ta Shahed dronlari, 80 dan ortiq raketalar va 700 ga yaqin boshqariladigan bombalar hujum qilganini aytdi. Shahed'larning aksariyati urib tushirilgan.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, boshqariladigan bombalar bilan bu yanada qiyinroq.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina Qurolli kuchlari Bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy kecha, 14 aprel Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi balandliklarni nazorat qilish uchun muhim jangga tramplin yaratish maqsadida 9 may G‘alaba kunigacha Chasov Yar shaharchasini egallashni maqsad qilganini aytgandi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Vladimir Zelenskiy Front

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing