Fransuz kompaniyasi O‘zbekistonda uran qazib oladi

Jamiyat

image

Fransiyaning “Orano Mining” kompaniyasi O‘zbekistonda uran qazib chiqaradi. Bu haqda Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Kecha, 4 sentyabr kuni Parijdagi (Fransiya) “Orano Mining” shtab-kvartirasida Davlat geologiya qo‘mitasi raisi Bobur Islomov va kompaniya prezidenti Nikolas Mayes Navoiy viloyatida uranni bosqichma-bosqich qidirishga qaratilgan qo‘shma korxona tuzish to‘g‘risida bitim imzoladi. 

Ma’lumot uchun, “Orano” - bu yirik xalqaro fransuz sanoat kompaniyasi. Fransiyadagi yadro sanoatining etakchisi va ushbu yo‘nalishda dunyoning eng kuchli 3 kompaniyasidan biri.

Imzolangan Bitimga muvofiq, Davlat geologiya qo‘mitasining qo‘shma korxonadagi ulushi geologiya va oldingi qidiruv ishlari davomida olingan boshqa ma’lumotlarning tarixiy xarajatlari, “Orano Mining” kompaniyasining ulushi naqd pul hisobidan shakllantiriladi. Investitsiya loyihasi doirasida boshlang‘ich bosqichda 20 million dollargacha, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tijorat maydoni ochilsa, taxminan 150 million dollarga teng to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish ko‘zda tutilgan.

Loyihani amalga oshirish xalqaro amaliyotda keng qo‘llaniladigan mahsulotlarni yanada qulay sharoitlarda sotish bilan zamonaviy boshqaruv usullarini joriy etish va yiliga 1500 tonna uran oksidi ishlab chiqarish bilan 300 dan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratish imkonini beradi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Frantsiya uran

Baholaganlar

24

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing