Fransuz-italyan aviakonserni O‘zbekiston bozoriga kirmoqchi

Jamiyat

image

Fransuz-italyan “ATR” aviakonserni O‘zbekiston bozoriga kirish niyatida. Kompaniya O‘zbekistonga mintaqaviy samolyotlar yetkazib berishni ko‘zlayapti. Bu haqda Transport vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligida “ATR” fransuz-italyan aviakonsernining Rossiya Federatsiyasi va Markaziy Osiyoda savdolar bo‘yicha vitse-prezidenti Jerom Gabori boshchiligidagi delegatsiya bilan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Chet ellik hamkorlar “ATR” kompaniyasining mahsulotlari taqdimotini o‘tkazdi, xususan “ATR Aircraft” kompaniyasining marketing bo‘yicha menejeri Anjuli Devild “ATR 72-600” mintaqaviy samolyotining texnik parametrlari va iqtisodiy ko‘rsatkichlari borasida batafsil ma’lumotlarni taqdim etdi. Shuningdek, ushbu turdagi havo kemalari yoqilg‘i sarflashda tejamkorligi borasida alohida ta’kidlab o‘tdi.

Muzokaralar yakunida “ATR” kompaniyasi tomonidan tashkil etilishi ko‘zda tutilayotgan hamkorlikning iqtisodiy tafsilotlari, texnik jihatlari, jumladan, uchuvchi tarkib va texnik xodimlarni o‘qitish, shuningdek ehtiyot qismlarni yetkazib berish va texnik xizmat ko‘rsatishni o‘z ichiga olgan batafsil takliflar tayyorlanishi to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

ATR – 1981 yilda Aérospatiale va Aeritalia kompaniyalari tomonidan asos solingan fransuz-italyan aviatsiya texnikalarini ishlab chiqaruvchi konsern. Kompaniya mintaqavaiy turbovintli ATR 42 va ATR 72 samolyotlarini ishlab chiqaradi.


Maqola muallifi

Teglar

samolyot ATR Aircraft

Baholaganlar

13

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing