Fransiyaning mundial uchun tarkibi e’lon qilindi
Sport
−
11:38 796 1 daqiqa
Fransiya terma jamoasi murabbiylar shtabi 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etadigan yakuniy tarkibni e’lon qildi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu ro‘yxatdan Eduardo Kamavingaga hamda Lyuka Shevale joy olmagan. “Real Madrid” yarim himoyachisi Kamavinga va “Pari Sen-Jermen” darvozaboni Shevalening qaydnomadan chetda qolishi muxlislar orasida katta muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Fransiya terma jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichida Senegal, Iroq va Norvegiya bilan birga “I” guruhidan joy olgan. Dide Deshamning shogirdlari mundialni joriy yilning 17 iyun kuni Senegal terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Fransiya terma jamoasi so‘nggi ikki Jahon chempionatining finalchisi hisoblanadi. Dide Desham boshqaruvidagi terma jamoa 2018 yil bosh sovrinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2022 yilgi mundialda finalda mag‘lubiyatga uchrab 2-o‘rinni egallagan edi.
Live
Barchasi