Fransiyaning mashhur nashri “Oltin to‘p”ga da’vogarlarni e’lon qildi
Sport
−
15 mart
2516“L'Équipe” nashri 2025 yilda “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritish uchun asosiy nomzod sifatida PSJ vingeri Usmon Dembeleni ko‘rmoqda.
Nashrga ko‘ra, parijliklar futbolchisi Usmon Dembele 40.9% bilan asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. Dembeledan keyingi o‘rinda “Barselona” futbolchisi Rafinya 25% bilan ikkinchi o‘rinda. Kataloniyaliklarning yana bir o‘yinchisi Lamin Yamal esa 8.8% foiz bilan kuchli uchlikka yakun yasagan. “Real” hujumchisi Kilian Mbappening “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritish imkoniyati esa 8% ga baholangan. “Liverpul” yetakchisi Muhammad Salohning imkoniyati esa 7.4% baholandi.
Qayd etish kerak, “Oltin to‘p”ning navbatdagi egasi 2025 yilning oktyabr oyida ma’lum bo‘ladi. 2024 yilgi mavsumda ushbu sovrinni “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodri qo‘lga kiritgan edi.
Ma’lumot o‘rnida, Usmon Dembele joriy mavsum PSJ safida barcha musobaqalarda 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 29 ta gol urdi va 6 ta assist amalga oshirdi.
LiveBarchasi