Fransiyaliklarga kamroq mol go‘shti yeyish tavsiya etildi

Olam

image

Fransiya hukumati iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash va sog‘liqni yaxshilash maqsadida aholiga go‘sht iste’molini cheklash bo‘yicha yangi tavsiyalar berdi. Bu chaqiriq mamlakatning yangilangan milliy strategiyasi doirasida e’lon qilingan

Gap 2030 yilgacha mo‘ljallangan oziq-ovqat va iqlim bo‘yicha milliy strategiya haqida bormoqda. Ushbu hujjat iqlim inqirozi hamda sog‘liq muammolarini birgalikda hal qilishni ko‘zlaydi.

Go‘shtning iqlim o‘zgarishiga qanday bog‘liqligi bor?

Mutaxassislar ta’kidlashicha, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi global issiqxona gazlari chiqindilarining uchdan bir qismini tashkil etadi. Eng katta ulush mol va qo‘y go‘shtiga to‘g‘ri keladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 100 gramm mol go‘shti natijasida 15,5 kg SO₂ ekvivalenti ajraladi.

Yangi tavsiyalarda meva-sabzavot, dukkakli mahsulotlar, yong‘oq va butun donli oziq-ovqatlarga ustuvorlik berish, go‘sht va kolbasa mahsulotlarini esa cheklangan miqdorda iste’mol qilish tavsiya etilgan. Shuningdek, import go‘shtni kamaytirish taklif qilinmoqda. Ba’zi faollar hukumat “kamaytirish” o‘rniga “cheklash” so‘zini ishlatganini tanqid ostiga olgan.

Ekologiya vaziri Monique Barbut sog‘lom ovqatlanish sayyoraga ham foyda keltirishini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, mahalliy va barqaror mahsulotlarni tanlash orqali uglerod zarari kamayadi.

2025 yilda iqlim tashkiloti le Réseau o‘tkazgan so‘rovga ko‘ra, aholining 52 foizi so‘nggi uch yilda go‘sht iste’molini kamaytirgan. Bu go‘sht narxining keskin oshishi bilan izohlangan. Qolaversa, ushbu qonun 38 foiz sog‘liqni, 35 foiz atrof-muhitni, 33 foiz esa hayvonlar farovonligini ya’ni, ularga nisbatan shafqatsizlikni kamaytirishni asosiy omil sifatida ko‘rsatgan.

Shu tariqa, fransuz oshxonasi go‘shtga boy an’analari bilan mashhur bo‘lsada, mamlakat asta-sekin muqobil ovqatlanish modeliga o‘tishni boshlamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya go'sht iqlim

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing