Fransiyalik siyosatchi Buyuk Britaniyaga urush bilan tahdid qildi
Olam
−
19 dekabr 2020
8314Fransiyaning Bulon-syur-Mer shahri meri Frederik Kuvile Buyuk Britaniyaga Yevropa Ittifoqi bilan bog‘liq baliqchilik mojarosi sabab “Folklend urushi” bilan tahdid qildi. Bu haqda “Express” nashri xabar berdi.
Bryussel Brexit bo‘yicha kelishuvdan so‘ng o‘z baliqchilik kemalarining Britaniya suvlarida harakatlanish huquqini saqlab qolmoqchi. Ammo rasmiy London ushbu hududlar ustidan o‘z suverenitetini saqlab qolishni maqsad qilgan.
Buyuk Britaniya YeI bilan kelishuvga erishilmasa, o‘zining baliqchilik suvlarini himoya qilish uchun to‘rtta harbiy kemasini yubormoqchi.
Bulon-syur-Mer shahri meri Frederik Kuvile Londonning pozitsiyasiga o‘z munosabatini bildirib, mojaro kelib chiqishi xavfi borligidan ogohlantirdi.
“Siz haqiqatan ham shundoqqina ostonangizda Folklend urushini xohlaysizmi? Harbiy kemalar haqida gapirish, La-Mansh bo‘g‘ozining ikkala tomonidagi Jino egosiga ta’sir qilishi mumkin, ammo kelishuvga erishishga yordam bermaydi”, degan u.
Kuvilening fikricha, qirollik floti La-Manshda cho‘kayotgan migrantlarga yordam berishi kerak.
LiveBarchasi