Fransiyalik mashhur futbolchi media jamoada to‘p tepadigan bo‘ldi
Sport
−
21 yanvar 2743 1 daqiqa
Fransiya terma jamoasi va Londonning “Chelsi” klubining mashhur sobiq futbolchisi Floran Maluda Rossiyaning “Fight Nights” media klubida to‘p suradigan bo‘ldi. Bu haqida media-klub sport direktori Dmitriy Shishkov YouTube sahifasida ma’lum qildi.
44 yoshli fransiyalik futbolchi Media liga Superkubogida “jangchilar” jamoasiga yordam beradi. Turnir qishda Abu-Dabida bo‘lib o‘tadi. Bundan tashqari, yana bir futbolchi Bakari Sanya “Fight Nights” jamoasida to‘p tepishni boshlaydi.
“Men Maludaga ishonaman. Hozir Sanya haqida ham savollar bor, chunki u bilan Gonkongga safar qilishi mumkin. Biz bu daqiqani kutmoqdamiz. Maluda, albatta, bizning tarkibda bo‘ladi”, deydi Shishkov.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda ham “Anvonted boys” nomli media jamoa faoliyat olib boradi. Mazkur jamoa yigitlari shu yil Italiyada o‘tkazilgan Jahon chempionatida chorak finalga qadar yetib bordi.
Live
Barchasi