Fransiyalik kaskadyor 68-qavatdan yiqilib halok bo‘ldi (video)

Olam

image

Fransiyalik kaskadyor Remi Luchidi Gonkongdagi binoning 68-qavatidan yiqilib halok bo‘ldi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Gonkong shaharning Mid-Levels hududidagi ko‘p qavatli uyning hovlisidan ekstremal sport bilan shug‘ullanuvchi 30 yoshli Remi Luchidining jasadi topilgan. Mahalliy politsiya dastlabki tergovidan so‘ng, u bino yuqori qavatidan qulashi oqibatida halok bo‘lgan degan xulosaga kelgan. Voqea joyida o‘z joniga qasd qilish belgilari topilmagan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Remi Luchidi 40-qavatdagi tanishini uyiga chiqayotganini bahona qilib, liftda binoning 49-qavatiga ko‘tarilgan. Shundan so‘ng, narvon yordamida 69-qavatgacha chiqqan. Biroz vaqt o‘tgach, politsiyaga gaz sizib chiqqani haqida xavfsizlik xizmatidan qo‘ng‘iroq bo‘lgan va politsiya yetib kelganda Luchidining jasadini topgan. Tergovchilar u yuqoridan qulayotganda avval gaz quvuriga urilganini aytmoqda

U bunga qadar ham dunyoning ko‘plab osmono‘par binolariga chiqib, turli ekstremal harakatlarini videoga olib ijtimoiy tarmoqqa joylash orqali mashhurlikka erishgan. Mazkur baxtsiz hodisada ham uning kontent tayyorlash uchun yuqoriga ko‘tarilgani taxmin qilinmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Gonkong Remi Luchidi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing