Fransiyalik erkak homilador xotini va bolalarini asirga oldi

Olam

image

Kecha, 3 mart kuni Fransiyaning Trua shahrida qurollangan erkak homilador ayol va besh bolasini garovga oldi. Keyinchalik u ayolning turmush o‘rtog‘i ekanligi aniqlandi. Politsiya voqea sodir bo‘lgan uyni o‘rab oldi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, erkak voqea joyiga yetib kelgan politsiya xodimlarining birinchi guruhiga qarata o‘q uzgan. Otishmada hech kim jabrlanmagan. Ta’kidlanishicha, ushbu holat oilaviy janjallardan kelib chiqqan. 1986 yilda tug‘ilgan erkakning ruhiy salomatligida muammolar bo‘lgan.

Bugun, 3 mart kuni huquqni muhofaza qilish departamenti xodimlarni erkakni qo‘lga oldi. 

“Fransiya politsiyasining RAID maxsus bo‘linmasi operatsiya o‘tkazdi va qurollangan odamni qo‘lga oldi. Hech kim jabrlanmadi", deb yozgan mahalliy huquq-tartibot idoralari Twitter’dagi o‘z sahifasida.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya

Baholaganlar

68

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing