Fransiyadagi maktablarda abaya kiyish taqiqlanyapti
Olam
−
28 avgust 2023
7613Fransiyadagi maktablarda abaya – butun tanani qoplaydigan an’anaviy musulmon libosini kiyish taqiqlanmoqda. Bu haqda Fransiya ta’lim vaziri Gabriel Attal mahalliy televideniye efirida aytib o‘tdi.
“Sinfga kirganingizda o‘quvchilarga shunchaki qarab bo‘lmaydi va ular qaysi dinga e’tiqod qilishlarini ayta olasiz”, deydi Attal.
Uning ta’kidlashicha, kelgusi hafta u maktab rahbarlari bilan ushbu taqiqni qanday amalga oshirishni muhokama qiladi. Qoidalar yangi o‘quv yilidan boshlab – 4 sentyabrdan kuchga kirishi kutilmoqda.
Bu qaror bir necha oy davom etgan bahs-munozaralardan so‘ng qabul qilingan va mamlakatdagi besh millionlik musulmon jamoatchiligidan ko‘pchilikning e’tiroziga sabab bo‘lishi kutilmoqda.
2004 yil 15 martdan boshlab Fransiya ta’lim muassasalarida diniy ramz yoki diniy e’tiqodni aks ettiruvchi kiyim kiyish qonuniy ravishda taqiqlangan.
LiveBarchasi