Fransiyadagi atom elektr stansiyasida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi
Olam
−
10 fevral
6491Fransiya markazidagi “Shinon” atom elektr stansiyasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda mamlakat yadroviy xavfsizlik agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, atom elektr stansiyasida uchta reaktordan ikkitasi yong‘in tufayli to‘xtatilgan. Kelib chiqqan yong‘in esa qiyinchilik bilan o‘chirildi.
Yong‘in “yadro zonasidan tashqarida” joylashgan 3-reaktordagi transformatorda boshlangani aniqlangan va 3- hamda 4-reaktorlar ishi xavfsizlik yuzasidan to‘xtatilgan, deyiladi xabarda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Shinon” AES foydalanishga topshirilganiga 40 yildan oshdi. Ushbu atom elektr stansiyasi Fransiyadagi barcha atom energiyasi ishlab chiqarishning 5,4 foizini tashkil qiladi va unda 2,4 mingdan ortiq ishchi faoliyat yuritadi.
Yong‘inni o‘chirishda 30 nafarga yaqin o‘t o‘chirish brigadalari ishtirok etgan. AES operatorining ta’kidlashicha, yong‘in yaqin atrofdagi turar-joy binolariga hech qanday ta’sir ko‘rsatmagan va olovga qarshi foydalanilgan suv tuproqni zararlamasligi uchun maxsus tizim orqali yig‘ib olingan.
Sarvar Xurramov