Fransiyada yana hujum. Uch kishi halok bo‘ldi
Olam
−
29 Oktabr 2020
22865Fransiyaning Nitssa shahri markazida Notr-Dam cherkovi yaqinida pichoq bilan qurollangan noma’lum shaxs odamlarga hujum qildi. Oqibatda uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda BFMTV politsiya ma’lumotlariga asoslanib xabar berdi.
Nitssa meri Kristian Estrozi Twitter’da hujumchining hibsga olingani haqida xabar qoldirdi va tezkor harakatlari uchun politsiya xodimlariga minnatdorlik bildirdi.
Mamlakat Ichki ishlar vaziri Jerald Darmanen vazirlik huzurida ushbu voqea bilan bog‘liq holda inqirozga qarshi shtab tashkil etilganini ma’lum qildi. Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron va Bosh vazir Jan Kasteks zudlik bilan voqea joyiga yo‘l oldi, deb xabar berdi “France Info” radiosi.
Hujumni tekshirishda prokuratura Terrorizm bo‘limi ham ishtirok etadi.
Hujum mahalliy vaqt bilan 09:00 da sodir bo‘ldi. Hujumchi voqeadan 10 daqiqa o‘tib hibsga olingan. Jinoyatchining shaxsi va uning u hujumni qanday amalga oshirgani haqida batafsil ma’lumot yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 oktyabr kuni Parij yaqinidagi Konflan-Sent-Onorin komunnasida tarix fani o‘qituvchining o‘ldirilishi ortidan yanada sovuqlashdi. O‘qituvchi darsda o‘quvchilarga buyuk payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ning "Charlie Hebdo" jurnalida chop etilgan karikaturasini ko‘rsatadi. Chechenistonda tug‘ilgan 18 yoshli Abdulak Anzorov o‘qituvchi Samyuel Patiga pichoq bilan hujum qilib, uni o‘ldiradi. Oradan ko‘p o‘tmay, politsiya qotilni otib tashlaydi. Ushbu voqea Makronning Islom olamiga qarshi bayonotlar bilan chiqishi va mamlakatda so‘z erkinligini qo‘llab-quvvatlashiga sabab bo‘ldi.
LiveBarchasi