Fransiyada vaziyat keskinligicha qolmoqda

Olam

image

Koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq qiyin vaziyat tufayli Fransiyada komendantlik soati uzaytirildi. 2020 yil 15 dekabr kuni mamlakatda joriy qilingan cheklovlar 20 yanvargacha o‘z kuchida bo‘ladi. Bu haqda Fransiya Bosh vaziri Jan Kasteksga tayanib ma’lumot berilgan. 

Mamlakatda komendantlik soati soat 20:00 dan 06:00 gacha amal qiladi. 

Yanvar oyi oxirigacha mamlakatda muzey, teatr, kinoteatrlar va boshqa madaniyat muassasalari yopiq bo‘ladi. Restoranlar kamida fevral oyining o‘rtalariga qadar mijozlarga o‘z eshiklarini ochmaydi.

Kasteksning aytishicha, Fransiyada har kuni 15 mingdan ko‘p odamda koronavirus aniqlanmoqda. COVID-19 tashxisi qo‘yilgan 25 mingdan ortiq bemor shifoxonalarda davolanmoqda, ulardan 2,6 mingdan ortig‘i jonlantirish bo‘limida.

Bosh vazir sog‘liqni saqlash tizimidagi yuk yuqori bo‘lib qolayotganini ta’kidlagan. 

Qayd etilishicha, Hukumat koronavirus bilan bog‘liq holatni 20 yanvarda qayta ko‘rib chiqadi. Pandemiya sababli o‘z ishini to‘xtatishga majbur bo‘lgan muassasalar davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

Ma’lumot uchun, Fransiyada koronavirusga chalinganlar soni 2,73 mln dan oshgan. 66 ming 841 nafar bemor vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya koronavirus

Baholaganlar

126

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing