Fransiyada o‘smirning o‘limi tufayli politsiyachilarga hujum qilindi
Olam
−
18 mart
3869Kecha, 17 mart kuni Parij yaqinidagi La-Kurnev shahrida politsiya amaliyoti chog‘ida o‘smir halok bo‘lganidan so‘ng, o‘nlab yoshlar politsiya bo‘limiga hujum qildi. Bu haqda “Le Parisien” gazetasi xabar berdi.
Gap shundaki, shu yilning 13 mart kuni Obervile shahrida skuterda ketayotgan 18 yoshli yigitni politsiya mashinasi urib yuborgan va bola halok bo‘lgan. Skuterning yo‘lovchisi ham jarohat olgan, biroq tirik qolgan.
Politsiyaning tushuntirishicha, hodisa yoshlarning yo‘l harakati qoidalarini buzishi oqibatida sodir bo‘lgan.
Fransiya politsiyasi xodimlarining bayonotlariga ko‘ra, skuter qizil chiroqdan o‘tib ketgan va zaxiraga chaqirilgan, skuter tomon ketayotgan ikkinchi patrul mashinasini taksi urib ketgan. Politsiya mashinasi esa burilishga majbur bo‘lgan va skuter bilan to‘qnashgan.
Marhum o‘smirning yaqinlari politsiyani qasddan qotillikda ayblamoqda.
Bu voqeadan so‘ng ko‘plab yoshlar politsiya bo‘limiga hujum qilgan. Hujum paytida chiqindi qutilari ham yoqib yuborilgan. Hujumchilarni tarqatib yuborish uchun qo‘shni hududlardan yordam chaqirilgan. Olti kishi hibsga olingan. Bungacha ijtimoiy tarmoqlarda yigitning o‘limi uchun qasos olishga chaqiriqlar paydo bo‘lgan edi.
Qayd etish kerak, bu Parijdagi o‘smirlar o‘limi bilan bog‘liq birinchi holat emas. Jurnalistlarning qayd etishicha, bu holat 2023 yil yozi boshida Parij yaqinidagi politsiya nazorat punktida 17 yoshli o‘smirning o‘limini eslatadi. Buning ortidan Fransiyani ketma-ket bir necha kecha davomida larzaga keltirgan va millionlab dollar zarar keltirgan politsiya zo‘ravonligi va jiddiy tartibsizliklarga qarshi norozilik namoyishlari boshlangandi.
Voqeadan so‘ng Fransiya hukumati voyaga yetmagan jinoyatchilar va ularning ota-onalariga nisbatan jazoni kuchaytirish bilan tahdid qilgan.
LiveBarchasi