Fransiyada o‘quvchilar namoyishi: maktablarga o‘t qo‘yildi (video)

Olam

−

image_2026-10-01_18-15-43

Fransiyada o‘quvchilar namoyishlari vaqtida kamida ikki maktabda yong‘in chiqdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

 

Avvalroq, Fransiyada 3 700 ga yaqin maktabdan 400 tasida namoyishlar yoki tartibsizliklar kuzatilgani haqida xabar berilgan edi. O‘quvchilar sinflardagi o‘quvchilar sonining ko‘pligi, o‘qituvchilar yetishmasligi va dars jadvallarining haddan tashqari tig‘izligiga qarshi chiqqan edi.

Qayd etilishicha, namoyishlar davomida Marsel shahridagi Sen-Ekzyuperi maktabida yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘inni o‘chirish uchun borgan o‘t o‘chiruvchilarni yuzlab yoshlar qurshab olgan va ularni mashinani tark etishga majbur qilgan. Shundan so‘ng, o‘t o‘chirish mashinasi yoqib yuborilgan.

Shuningdek, Marseldagi Viktor Gyugo litseyi direktori ustiga benzin sepilgan va u jarohatlangan. Nant shahridagi Nelson Mandela maktabida ham yong‘in chiqqan. Yong‘in nazoratga olingan va hodisa oqibatida hech kim jarohatlanmagan. Binodagi odamlar evakuatsiya qilingan, maktabga borishi kerak bo‘lgan o‘quvchilar esa ortga qaytarilgan.

Namoyishlar o‘tgan haftada boshlangan. O‘quvchilar o‘qituvchilar yetishmasligi, ta’lim uchun resurslarning kamligi va maktablardagi sharoitlarning yomonligiga norozilik bildirmoqda.

Namoyishlar davomida o‘nlab odamlar jarohatlangan, yuzlab kishi (aksariyati o‘smirlar) hibsga olingan. Fransiya Bosh vaziri Sebastyan Lekornyu idorasi 1 oktyabr kuni namoyishlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazgan.

Ichki ishlar vaziri Loran Nyunesning aytishicha, ayrim hududlarda tartibsizlik keltirib chiqarayotgan shaxslar zo‘ravonlikka undash maqsadida bir maktabdan boshqasiga o‘tmoqda. Ta’lim vaziri Eduar Jeffrey esa namoyishchilar maktab binolariga kirishni to‘sib qo‘ygan holatlarda darslarni masofaviy shaklda o‘tkazishga chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiyada o‘quvchilarning ta’lim tizimidagi muammolarga qarshi noroziliklari vaqtida 440 kishi ushlangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing