Fransiyada suv iste’moliga cheklov kiritildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Fransiyaning 86 departamentida qurg‘oqchilik xavfi tufayli suv iste’moliga cheklovlar kiritildi. Bu haqda BFM telekanali xabar bermoqda.

“Fransiyada jazirama va yomg‘ir yog‘masligi tufayli qurg‘oqchilik avj olmoqda. Shu yakshanba kuni 86 ta departament qurg‘oqchilikdan ogohlantirish e’lon qildi va suvga cheklovlar joriy qildi”, deyiladi xabarda.

Shunday qilib, Pei-de-la-Luar va Yangi Akvitaniya mintaqasining ba’zi departamentlarida qurg‘oqchilik xavfining “qizil” darajasi e’lon qilingan. Hozirda u yerda suvdan har qanday o‘ta muhim bo‘lmagan maqsadlarda, jumladan, qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish cheklangan.

Fransiya sharqida xavfning “sariq” yoki “to‘q sariq” darajasi o‘rnatilgan. Hududda avtomobillarni yuvish va xususiy bog‘larda suvdan foydalanishga cheklovlar qo‘yilmoqda.

22 iyul kuni Parijda eshiklari ochiq bo‘lgan do‘konlarda konditsionerlardan foydalanganlik uchun jarima joriy etildi. Qoidabuzarlar 150 yevrogacha jarimaga tortiladi. Shahar meri Ann Xidalgoning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi favqulodda jazirama va energiya inqirozi sharoitida bu harakatlar to‘xtatilishi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya qurg'oqchilik

Baholaganlar

156

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing