Fransiyada smartfon orqali koronavirusni tekshirish mumkin bo‘lgan qurilma yaratildi
Texnologiya
−
09 fevral 2021
3385Fransiyaning Lill universiteti olimlari mobil telefon yordamida koronavirusni mustaqil ravishda tekshirishga imkon beradigan moslama yaratdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qurilma mobil telefonga ulanadigan fleshkaga o‘xshaydi.
Qurilmaga bir martalik test chizig‘i o‘rnatiladi, unga burundan olingan bir necha tomchi suyuqlik qo‘yiladi.
10 daqiqadan so‘ng test natijasi grafika va raqamli ko‘rsatkichlar bilan birga telefon ekranida ko‘rsatiladi.
Ishlab chiquvchilarning ta’kidlashicha, ushbu qurilma 90 foiz holatda virus mavjudligini aniqlashga qodir. U allaqachon to‘liq klinik sinovlardan o‘tgan.
LiveBarchasi