Fransiyada shu yil hisobida 3-marta Bosh vazir tayinlandi

Olam

image

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron markazchi “Demokratik harakat” (MoDem) partiyasi yetakchisi Fransua Bayruni mamlakat Bosh vaziri lavozimiga tayinladi. Bu haqda Yelisey saroyi bayonot berdi.

“Respublika Prezidenti Fransua Bayruni Bosh vazir etib tayinladi va unga hukumat tuzishni topshirdi”, deyiladi bayonotda.

Shunday qilib, 73 yoshli Bayru Fransiya Milliy Assambleyasi (parlament quyi palatasi) 4 dekabr kuni uning hukumatiga ishonchsizlik to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qilganidan keyin iste’foga chiqqan tengdoshi 73 yoshli Mishel Barnening o‘rnini egalladi.

MoDem rahbari 2024 yilda Fransiyaning to‘rtinchi Bosh vaziri bo‘ladi. Undan oldin bu lavozimni, Barnedan tashqari, Gabriel Attal va Elizabet Born egallagan.

Bayru Demokratik harakatni 2007 yildan beri boshqarib keladi. 2014 yilda u Fransiya janubi-g‘arbidagi Po shahri meri etib saylangan. Fransua Bayru 2020 yildan buyon Milliy qayta qurish kengashini boshqarib kelmoqda. U 2002, 2007 va 2012 yillardagi prezidentlik saylovlarida qatnashgan. 2017 yilda u Makron nomzodini qo‘llab, saylovlarda qatnashishdan bosh tortgan.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Fransua Bayru

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing