Fransiyada politsiyachi 17 yoshli o‘smirni otib tashladi

Olam

image

Fransiyada politsiyachi mashinani to‘xtatishdan bosh tortgan 17 yoshli o‘smirni otib tashladi. Bu haqda BMFTV xabar berdi.

Unga ko‘ra, kecha, 27 iyun kuni Parijga yaqin Nanter shahrida 17 yoshli yigit yo‘l harakati nazorati vaqtida politsiyaga bo‘ysunishdan bosh tortgani uchun otib o‘ldirilgan.

O‘smir bilan bir mashinada bo‘lgan yo‘lovchi qo‘lga olingan, ikkinchisi qochib ketgani uchun qidiruvga berilgan. Shuningdek, politsiya xodimi qasddan odam o‘ldirishda gumonlanib hibsga olingan. 

Qotillikdan bir necha soat o‘tib shahar ko‘chalarida aholi to‘plana boshlagan va holatdan norozilik fonida tartibsizliklar keltirib chiqargan. 

Avtobus bekatlari buzib tashlangan va chiqindi qutilariga o‘t qo‘yilgan. Aholining bir qismi politsiyaning hududga kirishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun barrikadalar qurgan. Kun oxirida 50 ga yaqin odam Nanter politsiya idorasi oldida politsiyaga qarshi shiorlar aytib namoyish o‘tkazgan. 

Huquq-tartibot idoralari xodimlari olomonni orqaga qaytarish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan. Tartibsizliklar vaqtida 13 kishi hibsga olingan. BMFTV ma’lumotlariga ko‘ra, to‘qnashuvda kamida bir kishi jarohatlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Qotillik politsiyachi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing