Fransiyada otishma natijasida uch nafar jandarm o‘ldirildi
Olam
−
23 dekabr 2020
5777Fransiya markazidagi Pyui-de-Dom departamentida yuz bergan otishma natijasida uch nafar jandarm halok bo‘ldi. Bu haqda BFM telekanali xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, jandarmga ayol kishi murojaat qilib, eri unga nisbatan kuch ishlatayotganidan shikoyat qilgan. Jandarm vaziyatni o‘rganish uchun kelganida 48 yoshli erkak ularga qarata o‘q uza boshlagan. Bu ham yetmaganidek u o‘z uyiga o‘t qo‘yib yuborgan.
Askarlar Amber rotasi vakillari bo‘lgan. Hodisada yana bir nafar jandarm jarohatlangani aytilyapti. U Amber shifoxonasiga yotqizilgan.