Fransiyada Olimpiada o‘yinlari vaqtida terakt uyushtirishni rejalashtirgan chechenistonlik qo‘lga olindi

Olam

image

Fransiya Ichki ishlar vazirligining ichki xavfsizlik bosh boshqarmasi Parijdagi yozgi Olimpiya o‘yinlari vaqtida terakt tayyorlashda gumon qilingan 18 yoshli chechenistonlik yigitni qo‘lga oldi. Bu haqda bugun, 31 may kuni vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ismi ochiqlanmagan yigit Sent-Eten shahridagi “Jeffroy Guichard” stadionida terakt sodir etishni rejalashtirgan. Ushbu hujumning nishonlari futbol o‘yini paytida tomoshabinlar va politsiya bo‘lishi kerak edi.

"Jinoyatchi deb taxmin qilingan shaxs 22 may kuni qo‘lga olindi, to‘rt kundan so‘ng unga jinoiy-terrorchilik jamiyati rahbari sifatida ayblov e’lon qilindi va hibsga olindi", deb xabar bermoqda BFM TV milliy aksilterror prokuraturasiga tayanib.

Aytilishicha, yigit Fransiyaga ota-onasi bilan 2023 yilda kelgan.

Fransiya Ichki ishlar vazirligi bu 26 iyulda boshlanadigan “Olimpiada o‘yinlari davomida to‘xtatilgan birinchi hujum rejasi” ekanini va 2017-yildan beri Fransiya politsiyasi tomonidan barbod qilingan 50-terakt rejasi ekanini ta’kidladi.

Qayd etish joizki, shu paytgacha Parijda bir nechta teraktlar uyushtirgan, ularning eng yiriklari 2015 yil 13 noyabrda 130 kishining hayotiga zomin bo‘lgan. Fransiya rasmiylari avvalroq Ukraina va G‘azo sektoridagi urushlar Olimpiada vaqtida zo‘ravonliklarga olib kelishi mumkinligidan xavotir bildirgan.

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron aprel oyi o‘rtalarida Olimpiada vaqtida Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida, shuningdek, boshqa harbiy mojarolarda, xususan, Yaqin Sharq va Sudandagi jangovar harakatlar to‘xtatilishiga umid bildirdi. U bo‘lajak yozgi o‘yinlar vaqtida “Olimpiada sulhiga erishish uchun hamma narsani qilish” niyatida ekanini aytdi.

Parijdagi Yozgi Olimpiya o‘yinlari 26 iyuldan 11 avgustgacha bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya terakt Olimpiada

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing