Fransiyada norozilik namoyishchilari 3 milliondan oshib ketdi (video)

Olam

image

Kecha, 23 mart kuni Fransiyada pensiya islohotiga qarshi to‘qqizinchi ommaviy norozilik namoyishlari o‘tkazildi. Ularda 150 ga yaqin huquq-tartibot xodimi yaralandi, 170 dan ortiq namoyishchi hibsga olindi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.

Fransiya Ichki ishlar vazirligi namoyishlarda milliondan ortiq odam qatnashganini da’vo qilgan bo‘lsada, kasaba uyushmalari bunga zid raqamlarni e’lon qilib, 3,5 millionga yaqin muxolif ko‘chalarga chiqqanini aytgan.

Namoyishlar kechga yaqin ommaviy zo‘ravonlik va politsiya bilan to‘qnashuvlarga aylanib ketgan. Ichki ishlar vaziri Jerald Darmanen agressiv namoyishchilarning aksariyati o‘ta chap qanot vakillari ekanini ma’lum qilgan.

Manbaga ko‘ra, Prezident Emmanuel Makron xalq g‘azabi oloviga moy quygan. U 22 mart kuni televideniyega bergan intervyusida hukumatni himoya qilib, pensiya islohotlari zarur ekanini ta’kidlagan edi.

Hukumat o‘zgarishlar 2030 yilda pensiya tizimidagi 13,5 milliard yevrolik bo‘shliqning oldini olish uchun zarurligini ta’kidlamoqda. Ammo kasaba uyushmalari dam olish kunlarida ko‘proq harakat qilishga chaqirgan. Tashkilot tomonidan 28 mart kuni yana bir umummilliy miting o‘tkazilishi e’lon qilingan. Uyushma a’zolari islohotni rad etish fikrida qat’iy qolmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya pensiya islohoti ommaviy norozilik namoyishlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing