Fransiyada kuchli tornado kuzatildi. Qurbon bor (video)

Olam

image

Kecha, 20 oktyabr kuni kechqurun Fransiyaning bir necha shaharlariga tornado yopirildi. Hodisa oqibatida 1 kishi halok bo‘lgan, 10 kishi turli darajada jarohatlangan. Bu haqda “Le Figaro” xabar berdi.

Qayd etilishicha, tornadoning shturmidan Parij va Val-d’Uaz mintaqasidagi bir necha shaharlar jabr ko‘rgan. Hudud rahbariyatining xisobotiga ko‘ra, Ermon shahrida 23 yoshli qurilish ishchisi halok bo‘lgan. To‘rt kishi tan jarohati olgan, yana besh kishi nisbatan og‘ir ahvolda.

Hodisa joyiga 80 nafar yong‘in o‘chiruvchi, 50 nafar politsiya va 20 nafar tez yordam xodimi jalb qilingan. Pontuazda kuchli shamol tufayli uchta kran qulagan. Ulardan bittasi tibbiyot muassasasiga, ikkinchisi turarjoy binosiga urilgan, ammo jabrlanganlar bo‘lmagan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda uylarning tomi ag‘darilgani, daraxtlar singani va ko‘chalar turli chiqindilar bilan to‘lgani ko‘rinadi. Hatto ba’zi daraxtlar ildizlari bilan birga sug‘urilib ketgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Meksikadagi bo‘ronlar oqibatida 40 dan ortiq kishi halok bo‘lgandi. Bir necha kun davom etgan yomg‘irlar mamlakatning markaziy va sharqiy hududlarida og‘ir oqibatlarga olib kelgan.

Mohichehra Qadamova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Frantsiya tornado

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing