Fransiyada koronavirusning yangi turi aniqlandi

Olam

image

Fransiyaning shimoli-g‘arbidagi Bretan mintaqasida koronavirusning yangi turi aniqlandi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u alohida xavfga sabab bo‘lmaydi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bergan.

Ta’kidlanishicha, bu variantni aniqlash qiyin kechgan. Bu bilan kasallangan odamlarda odatiy SARS-CoV-2 alomatlari bo‘lgan, biroq PZR-test manfiy natija ko‘rsatgan.

“Yangi variant Kot-d`Armor departamentining Lanon tibbiyot markazida aniqlangan. 13 mart kuni 79 holat aniqlangan, shu jumladan,8 yangi variant bilan kasallanish holati sekvensiya yo‘li bilan tasdiqlangan”, deyiladi Fransiya SSV xabarida.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mutaxassislar yangi variantning aslisiga nisbatan na katta xavfi, na yuqish qobiliyatining yuqoriligi to‘g‘risida xulosa chiqarmagan.

Mutaxassislar virusni tahlil qilishda davom etyapti. Ular yangi variantning mavjud vaksina va antitanalarga qanday ta’sir ko‘rsatishini empirik ravishda aniqlashni maqsad qilgan.

Fransiya hukumati yangi variant haqidagi ma’lumotlarni xalqaro sog‘liqni saqlash tashkilotlariga bergan.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

183

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing