Kurs UZS

USD

12 925.20

-11.96

EUR

13 982.48

45.28

RUB

152.58

-1.97

Fransiyada ikkita harbiy samolyot to‘qnashdi

Olam

image

Kecha, 25 mart kuni tushdan keyin Fransiyaning Sen-Dize shahri yaqinida Patrul France’ning ikkita Alpha Jet samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vaziri Sebastyan Lekornyu o‘zining X sahifasida e’lon qildi.

Fransiya harbiy-havo va koinot kuchlari tomonidan AFP agentligiga berilgan ma’lumotga ko‘ra, ikki samolyot mahalliy vaqt bilan soat 15:35 da Sen-Dize shahridagi 113-havo bazasi yaqinida to‘qnashib ketgan. Uchuvchilarning ikkalasi va bir nafar yo‘lovchi o‘z vaqtida katapultatsiya qilib, tirik qolgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ular nisbatan og‘ir ahvolda, ikki nafari shifoxonaga olib ketilgan. Uchinchi jabrlanuvchi esa ko‘p joyidan jarohat olgan (politravma) bo‘lib, harbiy shifokorlar nazoratiga olingan.

To‘qnashuv oqibatida samolyotlardan biri silos ichiga qulagan va yong‘in kelib chiqqan. Dastlabki xabarlarga ko‘ra, hech qanday fuqaro jabrlanmagan. Hodisa joyiga o‘t o‘chiruvchilar, tez yordam xodimlari va politsiya yetib borgan.

Mudofaa vaziri Sebastyan Lekornyu “Ichki ishlar vazirligi va Mudofaa vazirligi o‘rtasida to‘liq muvofiqlashtirish amalga oshirilayotganini” ta’kidlagan.

Shuningdek, mamlakatda quruqlik va havoda qidiruv va qutqaruv ishlarini yo‘lga qo‘yadigan SATER rejasi (Sauvetage Aéro-Terrestre) ishga tushirilgan.

Ma’lumot uchun, Alpha Jet fransuz kompaniyasi Dassault va Germaniyaning Dornier kompaniyasi tomonidan birgalikda ishlab chiqilgan. Bu yengil hujumchi samolyot bo‘lib, u o‘quv samolyoti sifatida ham ishlatiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Federatsiyasining Primorsk o‘lkasida Su-25 samolyoti rejali o‘quv parvozi vaqtida halokatga uchragandi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya harbiy samolyot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing