Fransiyada futbolchilarga o‘yin vaqti iftorlik qilish taqiqlandi

Sport

image

Fransiya futbol federatsiyasi (FFF) iftor vaqti o‘yin vaqtiga to‘g‘ri kelganda futbolchilarga og‘iz ochib olish uchun kichik tanaffus qilishni taqiqladi. Bu haqda “RMC Sport” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, iftorlik vaqti bo‘lganda kichik tanaffus qilish federatsiya nizomiga to‘g‘ri kelmaydi. Federatsiya va uning markazlashtirilmagan organlari davlat tomonidan topshirilgan davlat xizmati missiyasi bilan ta’minlangan organlar sifatida Fransiya Respublikasining asosiy qonunlarini himoya qilishi va qoidabuzarliklarni oldini olish uchun barcha choralarni qo‘llaydi.

Qayd etilishicha, federatsiya o‘yin davomida ushbu qoidani buzgan har qanday shaxsga intizomiy va jinoiy chora ko‘radi.

Angliya Premer-ligasi (APL) hakamlariga esa musulmon futbolchilarga Ramazon oyida iftorlik qilib olishlari uchun kechki o‘yinlarni biroz muddat to‘xtatish tavsiya qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Angliya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing