Fransiya Zidan bilan muzokaralarni boshladi – manba

Sport

image

Fransiya futbol federatsiyasi (FFF) Jahon chempionatidan so‘ng lavozimini tark etadigan Dide Deshamning o‘rnini egallash uchun asosiy nomzod Zinedin Zidan bilan rasmiy muzokaralarni boshladi. Bu haqda “L’Équipe” nashri xabar beradi.

Manbaga ko‘ra, dastlab FFF muzokaralarda 2026 yilgi Jahon chempionati uchun yangi bosh murabbiy tayinlanishi taklif qilingan, ammo federatsiya prezidenti Filipp Diallo Desham va uning shtabini bezovta qilmaslik uchun qarorni turnir oxirigacha kechiktirishni ma’lum  qilgan.

Biroq shunga qaramay federatsiya sahna ortida Jahon chempionati tugashini kutmay, masalani chuqurroq o‘rganmoqda. Manbaga ko‘ra, federatsiya allaqachon Zinedin Zidan bilan muzokaralarni boshlagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, FFF va Zidanning atrofidagilari uning potensial murabbiylar shtabi tarkibi bo‘yicha kelishishni boshlagan. Agar hech qanday kutilmagan holat yuz bermasa, Zidaning “Real Madrid”dagi yordamchisi David Bettoni shtabga qo‘shilishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, Zidan ma’lumotlarni tahlil qilish bo‘limini ham o‘z ichiga olgan kengaytirilgan mutaxassislar guruhi bilan ishlashni istamoqda. Hozircha boshqa nomlar tilga olinmagan. Bu ambitsiyalar federatsiya pozitsiyasiga mos kelishi zarur, chunki ular milliy terma jamoaning murabbiylik byudjetini sezilarli oshirishni istamaydi. 

Shuningdek, FFF vakillari ehtiyotkorlik bilan harakat qilayotganliklarini va Zidanning milliy terma jamoaning keyingi bosh murabbiyi bo‘lishiga hali kafolat yo‘qligini ta’kidlashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasini boshqarish ehtimoli sababli “Real Madrid” taklifini rad etgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Zinedin Zidan muzokara

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing