Fransiya YeIdan Eronning 30 mulozimiga sanksiya qo‘llashni so‘radi

Olam

image

Yevropa Ittifoqining yangi sanksiyalar paketi hukumatga qarshi namoyishchilarni bostirish uchun Yevropada mas’ul deb hisoblangan 30 nafar eronlik shaxsga ta’sir qilishi mumkin. Bu haqda Fransiya Tashqi ishlar vaziri Ketrin Kolonna 12 noyabr kuni nashr etilgan “Le Parisien” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi. 

“Bir nechta sanksiyalar paketi qabul qilindi. Biz Yevropa darajasida yangi sanksiyalarni talab qildik, bu repressiya uchun mas’ul bo‘lgan 30 kishiga qarshi qaratilgan. Buni nihoyat Bryusseldagi vazirlar kelishib olishi kerak”, deYdi u.  

Vazirning ta’kidlashicha, Parij eronlik yosh ayollarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi va tinch namoyishchilarga nisbatan shafqatsiz repressiyani qoralaydi. 

Shu bilan birga, u Eronda josuslikda gumonlanib hibsga olingan fransuzlar taqdirini kuzatib borayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqinda yana ikki kishi hibsga olingan – shu tariqa ularning umumiy soni yetti nafarga yetgan. 

“Biz ularni zudlik bilan ozod etishni va konsullik himoyasidan foydalanishini talab qilamiz. Men bilan uzoq va qiyin suhbatlashgan eronlik hamkasbim ushbu kirish huquqini hurmat qilishga o‘z zimmasiga oldi, endi biz bu va’dalar amalga oshishini kutmoqdamiz”, deydi Kolonna.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 sentyabr kuni Eronda axloq politsiyasi tomonidan noto‘g‘ri hijob kiygani uchun hibsga olingan 22 yoshli talaba Mahsa Amini vafot etdi. Uning vafotidan so‘ng mamlakatda norozilik namoyishlari boshlandi.

Namoyish sifatida butun mamlakat bo‘ylab ayollar hijobni yoqib, sochlarini kesmoqda. Ushbu norozilik dunyoning boshqa mamlakatlarida ham aks-sado bermoqda. Namoyishchilar ko‘chalarni to‘sib, xavfsizlik kuchlariga tosh otdi, politsiya mashinalari va axlat qutilariga o‘t qo‘ydi, hukumatga qarshi shiorlar aytishdi.

Amini o‘tgan hafta poytaxtda Eron axloq politsiyasi tomonidan ayollarning sochlarini hijob yoki ro‘mol, qo‘l va oyoqlarini keng kiyim bilan o‘rashni talab qiluvchi qonunni buzganlikda ayblanib hibsga olingan edi. 

Qo‘lga olinganidan uch kun o‘tgach, Amini vafot etdi. Rasmiylarga ko‘ra, o‘limga "yurak yetishmovchiligi" sabab bo‘lgan. Ammo marhumning qarindoshlari qizning yuragida hech qachon muammo bo‘lmaganini da’vo qilmoqda. Ular jabrlanuvchini kaltaklash oqibatida vafot etgan, deb taxmin qilmoqda. 

BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari vazifasini bajaruvchi Nada Al-Nashif Amini politsiya tomonidan kaltaklangani haqidagi xabarlarga ishora qildi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari hibsga olingandan keyin vafot etgan eronlik Mahsa Amini o‘limi sababli Eronning axloq politsiyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi. Keyinroq Kanada ham bir necha o‘nlab Eron rasmiylari, biznes vakillari, shuningdek, Eron axloq politsiyasiga qarshi sanksiyalar joriy etishga qaror qildi.

Tehronda Eron axloq politsiyasi tomonidan Islom Respublikasining qattiq kiyinish qoidalarini buzgani uchun hibsga olinganidan keyin komaga tushib, vafot etdi.

Eronda uning o‘limidan so‘ng butun mamlakat bo‘ylab misli ko‘rilmagan norozilik to‘lqini kuzatildi, so‘nggi to‘rt hafta ichida kamida 233 namoyishchi halok bo‘ldi.

Namoyishchilar politsiya va “Basij” militsiyasi a’zolariga hujum qilgan, Qur’onni tahqirlagan, masjidlar va hukumat binolariga o‘t qo‘ygan, hijobli ayollarga hujum qilgan, tez yordam mashinalari va yoqilg‘i quyish shoxobchalariga hujum qilingan. Ishtirokchilar Eronning turli shaharlarida hibsga olindi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Eron Evropa Ittifoqi Mahsa Amini

Baholaganlar

11

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing