Fransiya vino o‘g‘irlashda ayblangan diplomatni Nigeriyaga elchi etib tayinladi
Olam
−
29 avgust
3280Fransiya avvalroq vino o‘g‘irlashda ayblangan diplomat Mark Fonbostierni Nigeriyaga elchi etib tayinladi. 2010 yilda unga qarshi ayblovlar qo‘yilgandan so‘ng u Fransiyaning Gonkongdagi bosh konsuli lavozimini tark etishga majbur bo‘lgan. Bu haqda “African Stream” xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu tayinlov Parijning G‘arbiy Afrikada, ayniqsa Sahel mintaqasida o‘z ta’sirini saqlab qolish rejalari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Diplomat 2010 yilda golf klubi restoranidan qiymati 4000 dollardan ortiq bo‘lgan ikki shisha vinoni o‘g‘irlaganlikda ayblangan. U o‘g‘irlikdan tashqari, Beninda jurnalistga qarshi tuhmatda ayblanib ham qamoqqa tushgan.
Nashrga ko‘ra, so‘nggi paytlarda Fransiya Sahelda ba’zi qiyinchiliklarga duch keldi. U yerda Mali, Burkina-Faso va Niger fransuz qo‘shinlarini o‘z hududlarini tark etishga majbur qildi va Parij diplomatik vakolatxonalarini yopdi. Oqibatda Fransiya uran kabi qimmatli resurslardan foydalanish imkoniyatidan mahrum bo‘lishi mumkin.
LiveBarchasi