Fransiya va BAA 7 yil oldin Durovning telefonini buzib kirgan – WSJ 

Olam

image

Fransiya va Birlashgan Arab Amirliklari 7 yil avval Pavel Durovning telefonini buzib kirgan. Bu haqda “The Wall Street Journal” nashri xabar berdi.  

Qayd etilishicha, Fransiya va Birlashgan Arab Amirligi razvedka xizmatlari 2017 yilda Purple Music operatsiyasini o‘tkazgan, uning davomida Telegram asoschisi Pavel Durovning iPhone’i buzib kirilgan.

Bir yil o‘tgach, Makron Durov bilan tushlik qilib, unga Telegram shtab-kvartirasini Fransiyaga ko‘chirishni taklif qilgan. Milliarder esa taklifni rad etgan.  Ovqatlanish chog‘ida , shuningdek, Makron Durovga Fransiya fuqaroligini berish masalasini ham muhokama qilgan va 2021 yilda Durov ushbu mamlakat fuqaroligini olgan.

Xuddi shu yilning o‘zida BAA Telegram’ga 75 million dollardan ortiq sarmoya kiritgan.  2022 yilda esa o‘z fuqaroligini Telegram asoschisiga taqdim etgan.

Nashrga ko‘ra, Telegram korxonasi yillar davomida huquq-tartibot idoralari tomonidan yuborilgan sudga chaqiruv qog‘ozlari va qarorlariga e’tibor bermagan va ular kamdan-kam tekshiriladigan kompaniyaning elektron pochta akkauntida to‘planib qolgan. Ammo ushbu chaqiriqlar qaysi davlatlar tomonidan yuborilgani ochiqlanmagan.

Ma’lumot uchun, Pavel Durov 24 avgust kuni kechqurun Parij aeroportida qo‘lga olingan. “Politico” nashriga ko‘ra, Fransiya hukumati Durovni hibsga olish uchun orderni 2024 yil 25 martda bergan. Shu bilan birga, uning akasi, Telegram asoschisi Nikolay Durovni hibsga olish uchun order berildi. Hibsga olish uchun orderlar “voyaga yetmaganlarning pornografik tasvirlarini egallash, tarqatish yoki ulardan foydalanishni taklif qilishda ishtirok etganlik” uchun chiqarilgan.

26 avgust kuni tushdan keyin Fransiya prokuraturasi 12 ta jinoyat bo‘yicha noma’lum shaxslarga nisbatan tergov harakatlari olib borilayotgani haqida press-reliz e’lon qildi. Ular orasida vakolatli organlar so‘roviga ko‘ra ma’lumot berishdan bosh tortish, voyaga yetmaganlarning pornografik tasvirlarini saqlashga sheriklik, giyohvand moddalarni tarqatishda ishtirok etish, xakerlik dasturlarini tarqatishda ishtirok etish kabilar bor.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq sudya Telegram asoschisi Pavel Durovni dastlabki so‘roq qilish va ehtimoliy ayblovlar uchun politsiya hibsxonasida ushlab turishni to‘xtatgani xabar qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Pavel Durov Telegram

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing