Fransiya urush iqtisodiyoti davriga kirdi
Olam
−
16 mart 2023 12624 2 daqiqa
Fransiya Qurolli kuchlari vazirligi qoshidagi Qurol-yarog‘ bosh boshqarmasi boshlig‘i Emmanuel Shiva respublika urush iqtisodiyotiga o‘tganini e’lon qildi. Bu haqda “Le Monde” gazetasi xabar berdi.
“Biz urush iqtisodiyotiga kirdik. Iyun oyidan buyon Qurolli Kuchlar vaziri va men harbiy-sanoat bazamizning barcha vakillari bilan uch marta uchrashdik. Biz beshta ishchi guruh tuzdik, ular strategik zaxiralar, yetkazib berish muddatini qisqartirish, ishlab chiqarishni tezlashtirish kabi dastlabki aniq natijalarga olib keldi”, deydi Emmanuel Shiva.
Shuningdek, u ishlab chiqaruvchilar o‘zlarining titan zaxiralarini birlashtirishga muvaffaq bo‘lganini ma’lum qilgan. Oldinlari esa avtokosmik sanoati uchun qimmatbaho material asosan Rossiyadan olib keltirilgan.
Bundan tashqari, Shiva Fransiya mudofaa korxonalariga faol ravishda qurol buyurtma qilishda davom etayotganini jumladan, 2022 yilda 218 ta “Aster” zenit raketalariga, 100 ta “Mistral” zenit-raketalariga va 200 ta o‘rta masofaga mo‘ljallangan tankka qarshi raketalarga buyurtma berilganini ochiqlagan.
Ta’kidlash joizki, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ham fevral oyida Yevropa davlatlarining mudofaa sanoatini sarmoyasini oshirishga chaqirgan edi. Uning fikricha, Yevropa sanoat va texnologik bazasini mustahkamlash orqali “qayta jihozlanishi” kerak. Shu nuqtai nazardan, u ko‘plab Yevropa davlatlari tomonidan Ukrainaga yordam yetkazilishi tufayli Yevropadan tashqari davlatlarning qarorlariga va ko‘p jihatdan Yevropaga tegishli bo‘lmagan sanoat korxonalari imkoniyatlariga qaram bo‘lib qolganini ta’kidlagan.
Live
Barchasi