Fransiya uran yig‘ish “dardi”da

Olam

image
“Yangi do‘stlar va uran”. Makronni O‘zbekistonga “qaysi shamollar uchiryapti?” north_east

“Yangi do‘stlar va uran”. Makronni O‘zbekistonga “qaysi shamollar uchiryapti?”

Qozog‘iston Fransiya bilan uran eksporti sohasida hamkorlik qilish salohiyatiga ega. Bu haqda Qozog‘iston Prezidenti matbuot xizmati Ostonadagi biznes-forum yakunlari bo‘yicha bayonotida ma’lum qildi.

“Prezident o‘zaro hamkorlikning bir qancha istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab berdi. Uning fikricha, ana shunday ustuvor yo‘nalishlar qatorida energetika sohasi ham bor. Qozog‘iston Fransiya bozoriga asosiy neft xomashyosini yetkazib beruvchilardan biri bo‘lib qolmoqda va mamlakatimiz eksport hajmini oshirishga tayyor. Bundan tashqari, Qosim-Jomart Toqayevning fikricha, neft va gaz bo‘yicha geologiya-qidiruv ishlari, uran eksporti, shamol, quyosh va gidroenergetika sohasida yirik loyihalarni amalga oshirish sohasida ham katta salohiyat mavjud”, deyiladi xabarda. 

To‘qayev Qozog‘iston Yevropada iste’mol qilinadigan yadro yoqilg‘isining chorak qismidan ko‘prog‘ini berayotgani, uran qazib olish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda ekanligini aytib o‘tgan. 

“Atom energetikasi Fransiya energetika sektorining 63 foizini tashkil etar ekan, kelgusida bu borada hamkorlikni kengaytirmoqchimiz”, deya tushuntirgan u.

Hamkorlikning yana bir sohasi muhim xom ashyoni qazib olish va qayta ishlashdir. 

"Global texnologik inqilob davom etar ekan, nodir metallarga bo‘lgan talab keskin o‘sib boradi. Umuman olganda, 2040 yilga kelib talab to‘rt baravar, litiyga bo‘lgan ehtiyoj 10 baravar oshishi kutilmoqda. Hududida 46 trillion dollardan ortiq 5 mingga yaqin ochilmagan konlari mavjud bo‘lgan Qozog‘iston ushbu yo‘nalishni birgalikda rivojlantirish uchun ishonchli hamkor bo‘lishi mumkin”, degan To‘qayev.

Shuningdek, Qozog‘iston Prezidenti respublika Transkaspiy xalqaro transport yo‘nalishi yoki “O‘rta yo‘lak” deb ataluvchi yo‘nalishni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha sa’y-harakatlarni amalga oshirayotganini ta’kidlagan. 

"Ta’minot hajmining o‘sishini hisobga olgan holda, biz hamkorlarimiz bilan yiliga 10 million tonna yuk tashish hajmiga erishish maqsadida infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha faol ishlamoqdamiz. Endi bu sa’y-harakatlarni Trans-Yevropa transport tarmog‘i va Yevropa Ittifoqining “Global darvoza” tashabbusi bilan bog‘lash muhim”, deya ta’kidlaydi u.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron To‘qayevga Qozog‘iston Transkaspiy xalqaro transport yo‘nalishini rivojlantirishda fransuz kompaniyalarining ishtirokiga tayanishi mumkinligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Frantsiya Emmanuel' Makron uran

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing