Fransiya Ukraina uchun 9 mingga yaqin askar tayyorlaydi

Olam

image

Kecha, 18 fevral kuni Fransiya Mudofaa vaziri Sebastyan Lekornyu "Journal du Dimanche" nashriga bergan intervyusida Parij 2024 yilda Kiyev uchun 7-9 ming ukrainalik harbiyni jangga tayyorlab berishini aytdi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, bu nihoyatda zarur, chunki Ukraina katta yo‘qotishlarga duchor bo‘lmoqda.

"Urush boshlanganidan beri Ukraina uchun biz allaqachon 10 ming kishini tayyorladik va 2024 yilda umumiy va ixtisoslashtirilgan tayyorgarlik doirasida qo‘shimcha ravishda yana 7-9 ming kishini tayyorlaymiz", degan Lekornyu.

Qayd etish joizki, bu majburiyatlar joriy yilning 17 fevral kuni Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy tomonidan Yelisey saroyida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda imzolangan xavfsizlik sohasida hamkorlik shartnomasida ko‘rsatilgan. Hujjatda, shuningdek, Fransiya joriy yilda Ukrainaga 3,24 milliard yevro qo‘shimcha harbiy yordam ko‘rsatishi va kelajakda bundan ham katta hajmdagi qurol-yarog‘ jo‘natishi nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Yevropani Ukraina armiyasi va mudofaa sanoatini o‘z kuchlarining bir qismi sifatida qabul qilishga chaqirgan.

Komissiya rahbari Yevropa Ittifoqi 40 mingdan ortiq ukrainalik askarni tayyorlagani va harbiy yordam uchun 28 milliard yevro sarflaganini ta’kidlab, oldinda ko‘p azob-uqubatlar borligini, ammo kelajakda Ukraina Yevropa Ittifoqi a’zolari qatorida bo‘lishini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH vitse-prezidenti Kamola Harris AQSHning Ukrainaga yordami to‘xtamasligiga va’da bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Ukraina askar Sebast'yan Lekornyu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made